Favicon va uni saytga o’rnatish

Favicon – bu «favourite icon» atamasi bilan taniqli bo’lgan, ko’pincha saytning logotipini o’zida aks ettiradigan va sayt ochilgan brauzer oynasining tepa burchagida ko’rinib turadigan saytning alohida yorlig’i hisoblanadi. Quyida ikkita sayt – e-haker.zn.uz, kun.uz saytlarining brauzerda ochilib turgan oynalari tasvirlangan. Brauzer oynalarida saytning nomi bilan bir qatorda shu saytlarning maxsus yorliqlari – «favicon»lar ham tasvirlanganligini ko’rishingiz mumkin:

FaviconYuqorida ko’rsatilgandek yorliqlar – «favicon»lar deyarli barcha saytlarda mavjud. Ularni istalgan saytga kirganingizda brauzer oynasining yuqori qismida topasiz. Bu kichik yorliqlar saytning asosiy (root) papkasidagi «favicon.ico» fayli yordamida ko’rsatiladi. Saytda bunday yorliqlarning ko’rinishi uchun fayl saytning asosiy papkasida bo’lishi, «favicon» deb nomlanishi va albatta .ico kengaytmali fayl bo’lishi shart.

Saytingiz uchun tayyor faviconlarni turli maxsus saytlardan olishingiz mumkin. Misol uchun, Google orqali «favicon» deb qidirganimda men mana bu saytni topdim: www.favicon.cc. Bu saytga o’zingiz istagan turdagi va hajmdagi rasm faylini yuklaysiz va avtomatik tarzda shu rasmdan hosil qilingan, tayyor favicon faylini yuklab olasiz. Olingan faylni shunchaki FTP orqali saytingizga chiqarib qo’ysangiz, saytingiz yorlig’i aynan shu rasmdagi ko’rinishga keladi. Saytning «Latest Favicons» bo’limida foydalanuvchilar tomonidan yuklangan eng so’nggi faviconlarni ko’rishingiz mumkin. U yerda oddiy rasm shaklidagi faviconlardan tashqari qimirlab turuvchi animatsion yorliqlar ham bor. Bunday favicon tayyorlab beruvchi saytlar juda ko’p. Ularning barchasini Google qidiruvi orqali topishingiz mumkin.

Agar avtomatik tayyorlangan favicon ishlatishni xohlamasangiz va Photoshopda o’zingiz favicon tayyorlash niyatida bo’lsangiz, Photoshop dasturining .ico turdagi fayllarni saqlashga yordam beruvchi plaginini yuklab olishingiz va o’rnatishingiz kerak bo’ladi. Bu plagin o’rnatilgan holda kerakli xajmdagi istalgan rasmni Photoshop dasturida tahrirlaysiz va «Save as…» («Soxranit kak…») menyu bandi yordamida uni .ico turi bo’yicha saqlaysiz. Shundan keyin, bilasizki, tayyor «favicon.ico» faylni saytning asosiy papkasiga chaqrish qoladi.

Favicon juda kichik va ahamiyatsiz tuyulsa ham, saytning umumiy tashqi ko’rinishiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Bu yorliqlar faqat brauzer oynasida ko’rinishdan tashqari planshet va telefonlarda saytingiz yo’lini nusxalashganda saytingizning ajralib turuvchi belgisi sifatida ko’rsatilishini ham unutmang:

Saytingizni bezatishda va uning ajralib turishini ta’minlashda har bir kichik jihatga jiddiy e’tibor qarating.

Telegram : @HakerlikSirlari

Kompyuterda muommo bormi yoki undan professional tarzda foydalanishni bilmaysizmi? Unda «e-haker» ga xush kelibsiz! Murojaat uchun tel: (+99897) 5667333; E-mail: eldor-haker@umail.uz ; Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @HakerlikSirlari