bbPress

bbPress WordPress tizimida forum tashkil etish uchun ishlatiladigan plagin hisoblanadi. Bu bepul plaginni mana bu yerdan yuklab olishingiz va o’zingizning saytingizda o’rnatishingiz mumkin.

Qachonlardir WordPress.org saytida miniBB forum platformasi WordPressning yordam forumi asosi sifatida ishlatilar edi. Ammo uning og’irligi, ko’p resurs talab qilishi va ishlatilishdagi qiyinligi hisobga olingan holda uning o’rni bbPress bilan almashtirildi. 2004-yilda bbPress ilk bor WordPress.org yordam forumlarining asosi sifatida o’rnatilgandan so’ng bu plagin WordPress asosida ishlaydigan saytlarning asosiy forum plaginiga aylandi.

bbPress plagini WordPress uchun maxsus tayyorlangan bo’lib, o’zining yengilligi va juda qudratli ekanligi bilan ajralib turadi. Siz bu plagin yordamida bir yoki bir necha forumlarni saytda tashkil etishingiz va shu bilan bir qatorda ularni osonlik bilan boshqarishingiz mumkin. Plaginning hozirgi kundagi eng yangi versiyasi o’zining zamonaviyligi, qulayligi va ximoyalanganligi bilan ajralib turadi. WordPress asosida ishlaydigan sayt uchun forum tashkil etishda bbPressdan ham qulayroq plagin yo’q.

Boshqa forum tizimlari WordPress shablonlari bilan to’liq birika olmaydigan vaziyatda bbPress bunday muammolarni to’liq hal qiladi. Hozirgi kunda ishlayotgan barcha zamonaviy shablonlarning bbPress uchun moslashtirilganlik darajasi yuqori.

bbPress loyihasi ham WordPress singari butun dunyo bo’yicha eng iqtidorli dasturchilar tomonidan ishlov berilishi hisobiga plaginning yangidan-yangi versiyalari tez-tez chiqarib turiladi. Bundan tashqari bbPress asos kodi shu qadar soddaki, uning istalgan tomonini o’zingizga moslab osonlik bilan o’zgartirib olishingiz mumkin.

Kompyuterda muommo bormi yoki undan professional tarzda foydalanishni bilmaysizmi? Unda «e-haker» ga xush kelibsiz! Murojaat uchun tel: (+99897) 5667333; E-mail: eldor-haker@umail.uz ; Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @HakerlikSirlari