Java Script dasturlash tili

1389446210160

Saytingizga animatsion yozuvlar, rasmlarga effektlar.Soat yoki sanani kursatuvchi narsalar va boshqa bezaklar uchun ishlatiladi. Saytingizni user bilan muloqot qiladigan (dinamik sayt) qilmoqchi bo´lsangiz javascript juda muhim.Sayt menulariga sichqonchani olib borsangiz qo´shimcha podmenu ko´rinadi…Bu ham JavaScript tilida qilinadi… WebSayt uchun mini o´yinlar yaratish. Matematik formulalarni hisoblash. Saytga kirgan userga biror ogohlantirish matnini ko´rsatish. Saytingizdagi rasm va yozuvlarni ketma ket chiqib keladigan qilish, ular harakatini boshqarish.Userdan so´rovlar qabul qilish…Sayt yuklanganda yoki kerakli tugma bosilganda yangi oyna ochish (pop-up).va hokazo…(Bundan boshqa juda ko´p vazifalarni ham bajaradi. Ular haqida keyin to´xtalamiz).Qisqasi, saytingizni jonlantiradigan til bu JavaScript.

Yuklab olish



JavaScript veb dasturlash tiliga oid muhim savollarga javoblar(boshlovchilar uchun)

JavaScript nima?

Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to’g’rirog’i veb dasturlash tili, undan ham to’g’rirog’i klient(brauzer) tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya’ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server(Apache, ngnix) kerak emas, oddiy brauzerda(Javascript’da yozilgan kodlar) ishlayveradi.

Bu til nima uchun kerak?

Bu dasturlash tili orqali serverga so’rov jo’natmasdan, so’rovlarni(javascript kodlarini), ya’ni yozilgan kodlar natijasini, brauzerni ishga tushirgan holda olishingiz mumkin. Asosan interaktiv(dinamik) saytlar tuzish uchun kerak.

Yuqoridagi fikr nima degani?

Har xil turdagi veb dasturlash tillari mavjud, misol uchun, PHP, ASP, JAVA. Bu dasturlash tillari serverga murojaat qilgan holda ishlaydi. Misol uchun, siz arifmetik qo’shish amalini bajarmoqdasiz, yig’indini olish uchun, siz yozgan kod, veb serverga jo’natiladi, server bu kodni qayta ishlaydi va natijani sizga jo’natadi. Shu tariqa siz natijani olasiz, brauzer ham serverdan javob(natija) kelguncha aylanib yotadi. Bundan ko’rinib turibdiki, saytning(veb sahifaning) ishlash tezligi server sozlamalariga, servergacha bo’lgan masofaga, aloqa kabellariga va boshqa narsalarga bog’liq bo’lib qoladi. JavaScript’da yozilgan kodlar esa, hech qanday serverga murojaatni amalga oshirmaydi, shu sababli bu dasturlash tili kodlari brauzerni qayta yuklamasdan ishlayveradi.

JavaScript veb dasturlash tilini qachon o’rgangan ma’qul?

Bu dasturlash tilini HTML, CSS kabilarni o’rganib olgandan keyin boshlagan yaxshi. Shunda o’rganish ham oson bo’ladi. Ko’pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini o’rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, mani fikrimcha dasturlash tilidan dastlab Javascript’ni o’rgangan yaxshi va yengil.

JavaScript kodlari orqali nimalarni qilib bo’lmaydi?

— grafika bilan ishlay olmaydi, ya’ni o’zi grafik ob’yektlar hosil qila olmaydi;

— fayllar bilan ishlay olmaydi;

— ma’lumotlar bazasi bilan ishlay olmaydi;

— tarmoq texnologiyalari bilan ishlay olmaydi, va boshqa murakkab ishlarni qilishga qiynaladi yoki qilaolmaydi.

Bu til kodlari ishlash tezligi qanday?

Agar sodda kodlar bo’lsa, albatta tez ishlaydi, lekin kodlar murakkab bo’lsa boshqa veb dasturlash tillariga(PHP, ASP)qaraganda sekinroq ishlaydi. Chunki yozilgan kodni qayta ishlashga yordam beradigan server yo’q, agar kodda xatoliklar bo’lsa, bu xatoliklarni brauzerni o’zi analiz qilishi lozim.

JavaScript kodlari qayerga yoziladi, ya’ni u uchun IDE(muhit) mavjudmi?

HTML kodlari qayerga yozilsa, javascript kodlari ham o’sha yerda yozilishi mumkin, o’rganish uchun eng yaxshi muhit, mani fikrimcha, Notepad++. Undan tashqari quyidagi IDE’larda ham yozish mumkin:

PHPStorm

NetBeans

Zend Studio

PHPDesigner

JavaScript kodlari ishlashi uchun nimalar kerak?

Umuman olganda brauzer bo’lsa bo’ldi, lekin brauzerning Javascript kodlarini o’qishi va ishga tushirishiga ruhsat beradigan funksiyasi yoqilgan bo’lishi kerak(qanday yoqish qilish kerakligi haqida).

JavaScript dasturlash tili bilan, JAVA dasturlash tili bitta narsami?

Yo’q, bu ikki til boshqa boshqa dasturlash tillari hisoblanadi. Ko’pchilik shu ikki tilni bitta deb o’ylashadi. JAVA kodlari JVMorqali ishlaydi. Bu til haqida to’liq ma’lumotni quyidagi maqoladan o’qishingiz mumkin.

JavaScript tilini o’rganish uchun o’zbekcha darslarni qayerdan topsa bo’ladi?

Agar sabr bilan kuzatib borsangiz, man, bu tilni, shu sayt(akmx.uz) orqali o’rgatib boraman.

Bu darslar bepul bo’ladimi yoki pullikmi?

Bizda ya’ni bizning proyektlarning(akmx.uz, ask.akmx.uz, convert.akmx.uz) hammasi bepul.



 

Atom va JavaScript(Frontend)!

Salom Atomga endi JavaScript, umuman olganda frontend bilan ishlash uchun kerakli pluginlarni ko’rib chiqamiz! Oldingi Golang haqidadagi maqola kabi kerakli pluginni nomi va uning tasnifini yozib boraman.

1. atom-beautify

JavaScript, HTML, CSS kodlarni formatlash uchun kerak bo’ladi. Tartiblash(formatting) uchun tablar ishlatiladi! Agar Siz kodni tartiblashda tabulyatsiya ishlatsangiz, bu plugin siz uchun. Tartiblash uchun Ctrl+Alt+b

2. atom-ternjs

ternjs yordamida JavaScript uchun autocomplete:

Avval Siz ternjsni o’rnatib olishingiz kerak, buning uchun terminalda:

npm install -g tern

keyin Atom orqali Packages -> Atom Ternjs -> Configure Project menyusiga kiramiz. ecmaVersionda JavaScriptimizda ishlatmoqchi bo’lgan ECMAScript versiyasini tanlaymiz. libsda browserni tanlaymiz.

loadEagerly – bu o’zimiz yozgan va autocomplete ishlatmoqchi bo’lgan jslar joylashgan manzilni ko’rsatish uchun. U yerga o’zimiz yozgan jslarni ko’rasatamiz, masalan foo papkaning ichidagi, bar papkadagi barcha jslarni autocompletega qo’shish uchun: foo/bar/*.js.

dontLoad – esa autocomplete ishlatmoqchi bo’lmagan jslarni ko’rsatish uchun. Undan so’ng esa SAVE & RESTART SERVER tugmasini bosamiz. Shunda loyihamizda .tern-project fayli paydo bo’ladi, bu faylda tern uchun barcha sozlamalar va autocomplete ishlatmoqchi bo’lgan pluginlarimiz ko’rsatiladi. Masalan nodejs, angularjs va boshqalar.

3. atom-jshint

JSHint yordamida JavaScriptni validatsiya qiladi, sintaksis xatolarga tekshiradi.

4. color-picker

CSS ichida rang tanlash uchun juda qulay plugin.

5. pigments

kodning ichida ranglarni ko’rib turish uchun.

6. gulp-manager

gulp tasklarni Atom yordamida boshqarish uchun ajoyib plugin

Qolgani esa frontend bilan ishlash uchun Atomning o’zining imkoniyatlari yeratarli!

Good Luck!

Kompyuterda muommo bormi yoki undan professional tarzda foydalanishni bilmaysizmi? Unda «e-haker» ga xush kelibsiz! Murojaat uchun tel: (+99897) 5667333; E-mail: eldor-haker@umail.uz ; Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @HakerlikSirlari