MS Word 2007 dasturida shablon yaratish.

MS Word 2007 dasturida shablon yaratish Salom foydali portal ning foydali foydalanuvchilari =) Bugun Siz azizlar uchun yana bitta foydali maqola yozgim keldi) Gap shundaki, anchadan beri MS Word dasturida shablonlashtirish haqida o`ylab yurardim, lekin yaxshilab qidirmagandim. Bugun o`sha o`ylagan narsamni qidirib topdim. Balki biror kimga foydasi tegib qolar) Ko`p gapirmasdan, muammoning mohiyatini tushuntiraman: Muassasamizda har bir bemor uchun MS Word dasturida kasallik tarixi yoziladi. Ishni osonlashtirish uchun kasallik tarixining shabloni yaratib qo`yilgan. Shablonda 5-6 joyda bemorning ismi sharifi, qayerdan kelgani, yoshi, jinsi, analiz natijalari va h.k.lar takror yozilishi kerak. Bu ishni «копировать, вставить» usuli orqali ham qilish mumkin, lekin, har xil joydagi matnning formati (o`lchami, shrifti, жирный yoki курсив ligi…) har xil bo`lsachi? Unda vaqt yanada ko`p ketadi! Men o`ylagan usul esa quyidagicha edi: Men bemorning ism sharifini bir marta kiritaman va ism sharif yana qayerda takrorlanishi kerakligini belgilab beraman. Shunda bir marta kiritilgan bemor ism sharifi kerakli joylarda avtomatik ravishda kerakli formatda qo`yilishi kerak. (Albatta bu ixtiro emas, buni mendan oldin mendan aqlliroq amakilar o`ylab qo`yishganini bilardim, albatta :)) Va nihoyat, bu muammoni qanday yechilishini topdim! evrika 🙂 Demak, boshladik! 1. MS Word dasturida shablon (qolip) tayyorlashimiz uchun bizga kerakli matnni kiritamiz. Mening vaziyatimda bu, mayli, kasallik tarixiga o`xshashroq hujjat bo`la qolsin, albatta kasallik tarixini to`laligicha kiritsam, zerikib ketishingiz aniq! =) Misol: Bemor Eshmatov Toshmat. 1941 – yilda tug`ilgan. Manzili: Afrika, Madagaskar oroli. Tashxisi: Yuqori jag` o`ng tomon o`tkir yiringli periostiti. va h.k. …. Endi ushbu yuqoridagi ma`lumotlar yozilishi kerak bo`lgan keyingi joy (masalan 5-sahifa) Bemor Eshmatov Toshmat 1941 – yilda tug`ilgan. Manzili: Afrika, Madagaskar oroli. Yuqori jag` o`ng tomon o`tkir yiringli periostiti. tashxisi bilan klinikaga murojaat qilgan va bo`limga yotqizilgan. 2. «Bemor» degan so`zdan keyingi ism familiyani o`chirib tashlaymiz va kursorni «Bemor» so`zidan keyinga qo`yib, MS Word dasturidagi Вставка bo`limiga kiramiz. Экспресс-блоки degan bo`limga kirib, Свойства документа degan bo`limidagi 15ta blokdan birortasini tanlaymiz, masalan, Автор ni. Bunda «Bemor» so`zidan keyin ko`k rangli to`rtburchak ichida Автор degan yozuv chiqadi. Ushbu to`rtburchakni bir marta bosamiz va Ctrl+C tugmalar kombinatsiyasini bajaramiz. Agar tugmalar kombinatsiyasi haqida tushunchangiz bo`lmasa, bu haqidagi maqolamni o`qib chiqishni maslahat beraman. Kompyuter klaviaturasidagi tugmalar vazifasi. (1-qism) Biz Ctrl+C orqali Автор express blokchasini kopirovat qilib oldik, endi bemorning ism familiyasi yozilishi kerak bo`lgan ikkinchi joyda ushbu blokchani Ctrl+V kombinatsiyasi orqali vstavit qilamiz. 3. Agar ushbu joydagi (ikkinchi joydagi) ism familiyaning formati boshqacha bo`lsa, masalan, kattaligi 18, kursiv, shrifti Calibri … bo`lsa, darrov hammasini almashtiramiz. Menimcha bularni qanday qilishni bilsangiz kerak =) Agar ism familiya yoziladigan joylar ko`p bo`lsa, u yerlarga ham blokimizni qo`yib chiqamiz. Bemor Tug`ilgan yili, manzili, tashxisi va h.k. larni ham xuddi shunday tartibda bajaramiz, faqat, endi Автор bloki emas, boshqa blokni tanlaymiz, masalan Адрес организации. Albatta, MS Word dasturida ishlash bo`yicha maxsus kurs o`tgan foydalanuvchilarimiz uchun bu maqola erish tuyular, lekin, baribir hamma ham maxsus kurslarni o`tmagan, menga o`xshab =) Bilmaslikdan uyalish kerak emas, aksincha, orlanib so`ramaslikda uyalish kerak! Zero, bir donishmand aytgan ekan: «Men shuncha yil umr ko`rib shuni bildimki, hali hech nimani bilmas ekanman!»

Kompyuterda muommo bormi yoki undan professional tarzda foydalanishni bilmaysizmi? Unda «e-haker» ga xush kelibsiz! Murojaat uchun tel: (+99897) 5667333; E-mail: eldor-haker@umail.uz ; Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @HakerlikSirlari