Microsoft word 2013 dasturi menyu bo’limlari

Muharrir (lotin tilida-tartibga keltirilgan)-kompyuter ob’ektlari (matn,jadval,grafik, dastur) bilan ishlashni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minot tizimidir.
Matnli hujjat tayyorlaydigan dasturiy guruhni asosan ikkiga ajratish mumkin. Matn muharriri va matn protsessori.
Matn muharriri deb asosan matnli fayllarni formatlash elementlarini ishlatmasdan tayyorlaydigan dasturga aytiladi. Formatlash elementlari deganda matn qismlarini har xil shriftlar bilan ajratib ko’rsatilmaganligi tushuniladi.
Bunday muharrirlar asosan kompyuter dasturlari matnini yaratishda ishlatiladi.
Matn protsessori matnni formatlash, hujjatga grafika va boshqa ob’ektlar joylashtirish imkonini beradigan dasturlardir. Bunday turdagi muharrirlarga
Word matn muharririni keltirish  mumkin.
Microsoft Word – MS Office paketi tarkibiga kiruvchi universal matn muharriri bo’lib, unda matnlarni kiritish, ular bilan ishlash uchun qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu matn muharririda o’zidan oldingi matn muharrirlarida yaratilgan matnlarni import qilish imkoni berilishi bilan bir qatorda o’zida yaratilgan mantlarni MS Office dasturiy mahsulotining boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko’rinishida va boshqa ko’rinishlarda eksport qilish imkoni mavjud.
Matnlarni tayyorlashda qulayliklari juda katta bo’lgan zamonaviy dasturlardan biri – Microsoft Wordda tayyorlanadigan matnda rasm, formula, grafiklar, ovoz yozilgan fayllar, video-klipplarni joylashtirish imkoni mavjud.
Word  2013 dasturi ishga tushgach ekranda ishchi soha hosil bo’ladi.

Microsoft Word  2013 Menyu  satri quyida aks ettirilgan.

Microsoft Word 2003 dasturi menyu bo’limi:

Microsoft Word 2007 dasturi menyu bo’limi:

Microsoft Word 2010 dasturi menyu bo’limi:

Microsoft Word  2013 Asosiy menyu qatoriga quyidagilar kiradi:
Fayl, Glavna, Vstavka, Dizayn, Razmetka Stronisiy, Vid, Vstavka, Ss’lki, RaSs’lki,  Ritsenzirovaniye
Fayl menyusida hujjat bilan ishlash buyruqlari mujassamlashgan bo’lib ular orqali hujjat yaratish, saqlangan hujjatni ochish , joriy hujjatni yopish , hujjatni saqlash, boshqa nom bilan saqlash , Internet sahifasi shaklida saqlash , hujjatlarni mazmuni bo’yicha qidirish , bir faylning o’zida bir nechta hujjatni (o’zgartirish kiritilish vaqtiga ko’ra) saqlash va ochish, Internetda hujjatning qanday ko’rinishini ko’rib o’tish, hujjatni (qog’oz turini, hoshiyani) o’zgartirish, printerdan chop etishdan oldin ko’rish , chop etish, boshqa dasturlarga (electron pochtaga ) hujjatni yuborish, hujjat haqida ma’lumot olish, oldin ochilgan hujjatlarni ro’yxati va dasturdan chiqish  kabi menyu punktlari bor.  Windows 8  OT da  fayl  bo’limi  boshqa  operatsion  sistemalardan  farqli  ravishda  quydagicha  bo’ladi.
Microsoft  Word   2013 dasturida   oldingi  dasturlardan  farqli  ravishda  pravka   bo’limi  mavjud  emas.
Glavnaя  menyusda  Word  dasturida  bajariladigan  asosiy  amallar  ketma-ketligi  joylashgan  bo’lib,   bu  menyuga  foydalanuvchi  eng  ko’p  murojaat  qiladi.

Glavnaя menyu  yordamida foydalanuvchi  matndan  nusha  olish,  nushalangan  matnni  xosil  qilish,   belgilangan  joyni  kesish,  yozuv  shriftini  o’zgartirish,  ungs  ang  berish, matinni   quyuq  rangda   yozish ,  qo’lyozma  shaklida  yozish,  ostiga  chizib  yozish,  satirlar   orasidagi  masofani  tanlash,  va  malum  matinga   joylashuv  o’zgarishlarini  kiritish  mumkin.

Vid menyusidan hujjatni ko’rinishini, jumladan oddiy ko’rinishda, web shaklda, sahifa shaklida, bo’limlarni ko’rish va tahrirlash shaklida , instrumentlar panelidan panellarni (Standartnaya) tanlash,  chizg’IchnI xosil qilish yoki berkitish (Lineyka), hujjatni sxematik shaklda ko’rish, hujjat kolontitullarini tahrirlash, hujjatni butun ekran bo’yicha tahrirlash, hujjatni masshtablash kabi punktlar mavjud.

Vstavkamenyusidan hujjatga ob’ektlarni yoki sahifalarni qo’yish,  hujjatni betlash, joriy vaqt va kunni qo’yish, avto matn, klaviaturada yo’q belgilarni, mundarija va ko’rsatkichlarni, rasmlarni, diagrammalarni, yozuvli ramka, matnli faylni, boshqa dasturlardagi fayllarni yaratish yoki qo’yish punktlaridan foydalanish mumkin.

Tablitsa menyusi jadvallar bilan ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, bulardan jadvalni chizish, jadval, ustun va satrlarni qo’yish, yoki aksincha o’chirish  va ajratish, kataklarni birlashtirish yoki bo’lish, jadval chetlarini avtotekislash, matnni jadvalga yoki aksincha jadvalni matnga aylantirish, jadvaldagi ma’lumotlarni saralash, formulalar ishlatish, jadval xususiyatlarini o’zgartirish  singari vazifalar mujassamlashgan.

Razmetka stranits   menyusida   joriy  ishlanayotgan hujjatga   o’zgartirishlar  kiritish  mumkin.
Bular quyidagilar:  varaqning  farmatini “ориентация” bo’limi yordamida  albomnaya  holatiga  o’tkazish  yoki  aksincha,  knijnaya   holatini  tanlash, matinni  kolonkalarga  ajratish,  varaqlar  orasidagi  masofani tanlash  va  o’zgartirish,   matnni interval  va  hoshiya  bilan jihozlash mumkin.

Dizayn  matnning  dizaynini  unga  turli o’zgartirishlar  kiritishni,  joriy  holatini   va   unga  turli  qo’shimcha  eskizni   kiritish  va  matinni  turli  shrift va   ranglarda  tasvirlash  imkonini  beradi.   Bu  menyu  yordamida  foydalanuvchi  yaratadigan  xujjatni   chiroyli  va  ko’rkam   qilish  imkoniyatiga  ega.

Ko’rinib turibdiki, har bir menyu ma’lum vazifani o’zida mujassamlashtirgan.

Kompyuterda muommo bormi yoki undan professional tarzda foydalanishni bilmaysizmi? Unda «e-haker» ga xush kelibsiz! Murojaat uchun tel: (+99897) 5667333; E-mail: eldor-haker@umail.uz ; Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @HakerlikSirlari