Excelda nisbiy mutloq va aralash ishoralar

Nisbiy ishora  katakning formula joylashgan katakka nisbatan holatiga asoslanib ko‘rsatadi. Bu katakning joylashgan yerini faol katakning joylashgan yeridan kelib chiqib tushuntirishga o‘xshaydi. Masalan, «ustun bo‘yicha ikki qator yuqoriga ko‘tariling» kabi.
Mutloq ishora katakni varaqda qayd etilgan holati asosida ko‘rsatadi, masalan, «katak A ustunida va 2-qatorda» deyilgandek.
Aralash ishora o‘zida nisbiy va mutloq ishorani mujassam etadi, masalan, «katak A ustunida va ikki qator tepada», deyilganidek. Mutloq va nisbiy ishoralar, ayniqsa, formuladan varaqning bir joydan ikkinchisiga nusxa ko‘chirishda juda foydalidir.
А1 katagiga nisbiy ishora quyidagicha yoziladi: =А1.
А1 katagiga mutloq ishora quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: =$A$I.
А1 katagiga mutloq va nisbiy ishoralarni kombinatsiyalashtirib, quyidagi aralash ishoralar: =$A1, A$1 ni tuzish mumkin.
Siz quyidagi harakatlarni bajarib, bir kitobning boshqa varaqlariga ishora qilishingiz mumkin. Masalan, siz 1-varaq varaqning В10 katagiga 2-varaq varaqning А9 katagiga ishora kiritmoqchisiz. Buning uchun:
· 1-varaqdagi В10 katagini ajrating va = ni kiriting.
· kitob darchasidagi 2-varaq yorliqchasini cherting.
· А9 katagini cherting va Enter tugmachasini bosing.
Ishora kiritilganidan so‘ng 1-varaq qaytadan faollashtiriladi, В10 katagida esa В9 katagiga yozilgan formula paydo bo‘ladi. Boshqa kitobning varaqlarida joylashgan kataklarga ham xuddi shunday tarzda ishora qilish mumkin. Buning uchun Kitobni ochish yoki yangi kitob yaratish va quyidagi harakatlarni amalga oshirish zarur:
· Darcha menyusidan Tepadan pastga qarab joylashtirilsin buyrug‘iini tanlang.
· turli kitoblardagi varaqlarni ishlatib, avvalgi harakatlarni takrorlash.

Kompyuterda muommo bormi yoki undan professional tarzda foydalanishni bilmaysizmi? Unda «e-haker» ga xush kelibsiz! Murojaat uchun tel: (+99897) 5667333; E-mail: eldor-haker@umail.uz ; Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @HakerlikSirlari