KOMPYUTER ISH STOLIDAGI DASTURLAR BELGILARI YO’QOLIB QOLGANDA NIMA QILISH KERAK?

Qadrli foydalanuvchilar bugun biz sizlar bilan kompyuter ish stolidagi dasturlar belgilari yo’qolib qolgan holatda nima qilish kerakligini o’rganamiz. Yani biz hamma narsani o’z holiga qaytarishga urunib ko’ramiz.

Demak sizning ish stolingizdagi dasturlar quyidagi rasmga o’xshab o’zgardimi? Yoki, shunchaki oq, ko’rinmas va hokazo bo’lib qoldimi?

Image-1

Unda keling muammoni hal qilishga kirishamiz. Buning uchun shu yo’nalish bo’yicha o’tamiz «Пуск» -› «Все программы» -› «Стандартные» -› «Командная строка»

Image-2

Qarshingizda quyidagidek havola chiqishi kerak, agar ushbu dastur chiqmasa qaytatdan urunib ko’ring, yoki bo’lmasa «Пуск» -› «Найти программы или файлы» da cmdjumlasini kiritamiz va «Enter» tugmasiga bosamiz.

Image-3

Endi esa huddi dasturda quyida ko’rsatiladigan ketmaketligni birma bir kiritamiz va har safar yozganimizdan so’ng «Enter» tugmasiga bosamiz. Ushbu jumlalar (maxsus kodlar) ni yozish va eslab qolish qiyin shuning uchun ularni avval biron bir joyga yozib oling. Maslahat: Ularni Блокнот dasturiga kiriting va ko’chirib olib Вставить amalini bajaring.

1. taskkill /im explorer.exe /f

2. cd %userprofile%\appdata\local

3. attrib -h IconCache.db

4. del IconCache.db

5. explorer

image-4

Eslatma!

Ushbu ammallarni bajarayotganingizda Пуск va Панель задач, hamda ish stolidagi fayllar ko’rinmay qoladi. Hammasini bajarganingizdan so’ng kompyuter ish stoli o’z holiga qaytadi. Muammolar hal qilingan holda dasturlar belgilari o’z o’rniga keladi.

Kompyuterda muommo bormi yoki undan professional tarzda foydalanishni bilmaysizmi? Unda «e-haker» ga xush kelibsiz! Murojaat uchun tel: (+99897) 5667333; E-mail: eldor-haker@umail.uz ; Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @HakerlikSirlari