Qiziqarli va foydali IT

laptop-9-laptop-internal

Kompyuterning boshqa qismlari

laptop-9-laptop-internal

inside-computer-2Copyright 2008 HowStuffWorks

Noutbukning qattiq xotirasi rasmning pastki o’ng tomonida, yuqori tomonidan DVD drayv bilan ko’rsatilgan.

Shunday qilib kompyuteringiz ichida yana nimalar mavjud? Ularni besh kategoriyaga ajratamiz:

  • Quvvat bo’linmasi va batareyalar

  • Driverlar

  • Modemlar va Wi-Fi kartalari

  • Ovoz va grafik kartalar

  • Sovutgich tizimlari

Elektr quvvat bo’linmasi butun kompyuter bo’ylab elektr quvvati ta’minoti bilan shug’ullanadi. Qachonki kompyuteringizni elektr manbaiga ulaganingizda, elektr quvvati simli kabel orqali – transformerni o’z ichiga oluvchi himoyalangan qutiga uzatiladi. Ushbu transformerning ishi uzatilayotgan elektr quvvatni qabul qilib, uni qurilmaning elektr quvvatiga muhtoj qismi uchun mos kuchlanishga aylantirib beradi. Agar sizda noutbuk bo’lsa, demak bu kelayotgan elektr quvvati ba’zi qismi noutbukning batareyasini zaryad qilish uchun sarflanadi. Ulanmagan holda esa, noutbuk batareya ichidagi zaryaddan o’z ehtiyoji uchun ishlatadi.

Kompyuterlarda, hatto ular boshqa barcha qismlarini o’chirib qo’yganingizda ham ishlab turuvchi kichik batareyalar mavjud. Bu batareya kompyuteringiz tehnik qismlari (hardware) haqida ma’lumot yuritish vazifasini o’z ichiga olgan maxsus chipni ishlashiga ko’maklashadi. Darvoqe, ushbu kichik batareya kompyuterdagi soatga ham quvvat uzatadi, shuning uchun ham kompyuteringiz o’chib yongandan so’ng ham vaqtni to’g’ri ko’rsatadi.

Kompyuterdagi disklar – programma va ma’lumotlarni saqlash, shuningdek ularni qayta ishlash imkonini beruvchi jihozlardir. Ko’pgina kompyuterlarda qattiq disklar – misol uchun magnetik yozuvlarni qo’llab ma’lumot saqlovchi yupqa platalar yoki qimirlovchi qismlardan holi qattiq disklardan iborat. Ikkala holatda ham, qattiq disklar kompyuteringizga ma’lumot va programmalarni to’g’ridan to’g’ri saqlash imkonini beradi.

Eski kompyuterlar yupqa disk drayverlaridan foydalanishgan. Yangi kompyuterlar esa optik drayverlar bo’lmish, CD-ROM yoki DVD-ROM drayverlariga ega. Bular o’z navbatida sizga media tashuvchilar – kompakt disklar va DVDlarni kompyuterda ishlatish uchun qilingan.

Modemlar – kompyuteringizni boshqa kompyuter tizimlari bilan ulovchi uskunadir. Modemlar, radio to’lqin orqali ma’lumot uzatuvchi va qabul qiluvchi  simsiz kartalar bilan chambarchas bog’liq.

Ovoz va grafik kartalar. Ular kompyuteringizga grafika (rasm) ko’rsatish yoki ovoz eshittirish uchun xizmat qiladi. Barcha kartalar ham bir hil bo’lavermaydi – ba’zilari qolganlaridan ko’proq miqdordagi programma formatlarini qo’llab quvvatlaydi. Grafik kartalar ham ayniqsa turli tuman hususiyatlar bilan keladi.

inside-computer-4Copyright 2008 HowStuffWorks

Sovitish tizimi asosan issiqlik chanog’i va fendan iborat bo’ladi. Kompyuterlarda haddan ziyod isib ketish jiddiy muammolarga olib borishi mumkin. Oqibatda ba’zi hollarda tizim ishdan chiqishigacha amaliy zararlar yetkazishi mumkin. Issiqlik chanog’i havf ostida qolishi mumkin bo’lgan bo’laklardan chiqayotgan issiqlikni o’ziga tortib oladi. Fenlar esa kompyuterlarga issiqlikni tashqariga uzatish uchun sharoit yaratadi. Ba’zi kompyuterlarda nisbatan yuqori darajadagi suyuqlik-sovutuvchi tizimlariga ega. Suyuqlik-sovutuvchi tizim turbalar orqali suzuvchi suvni, issiqlikni o’ziga yutishiga yondashadi.

Va nihoyat, tamom. Shuning bilan oddiy kompyuterda uchrovchi barcha elementlarni ko’rib chiqdik.


Monitor ishlamasligi sabablarining yechimi

Monitor ishlamasligi sabablarini keltirib o‘tdim, endi sabablardan kelib chiqqan holda muammoni yechishga harakat qilamiz, maqola monitorning barcha turlariga tegishli(monitor turlari haqida). Dastlab, monitorni to‘g‘ri ulanganligiga e’tibor bering(agar ulashni bilmasangiz, biladiganlardan so‘rang, uyalmang). Quyidagi rasmda monitorni kompyuterga ulash sxemasi keltirilgan.

connect_1

Ulanish boshqa port(HDMI) orqali amalga oshirilishi ham mumkin. Kompyuterni yoqdingiz, tizimli blok(sistemnыy blok) ishga tushdi, lekin monitor yonmadi, ya’ni monitor indikatori(chirog‘i) yonmadi. Bu vaziyatda quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:

1. Dastlab, monitorni yoquvchi tugmasini(POWER) bosib ko‘ring. Ko‘p hollarda monitor tugma orqali o‘chirilmaydi, lekin kimdir shu orqali o‘chirib qo‘ygan va siz buni bilmagan bo‘lishingiz mumkin.

2. Agar monitor yonmasa, bu degani monitorga elektr toki yetib bormadi. Monitorni elektr manbaiga ulaganda, monitor indikatori qizil yoki sariq rangda yonishi lozim, bu hol monitor kompyuterga ulanmagan holda ham sodir bo‘lishi lozim. Elektr manbaini rozetkada mavjudligini tekshirish kerak. Buning uchun shu rozetkaga biror boshqa qurilmani ulab ko‘ring yoki maxsus tok mavjudligini tekshiruvchi indikatorli qurilmadan foydalaning.

3. Elektr toki mavjudligini aniqlashtirib oldik. Monitor yonmasligiga yana bir sabab, bu ulanuvchi sim(kabel) dir. Elektr ta’minoti bilan monitorni ulovchi kabel yaxshi ulanganiga ishonch hosil qiling, yaxshisi bu kabelni monitordan uzib, qaytadan ulang.

4. Kabel yaxshi ulangan bo‘lsa, kabel ichida qandaydir uzilish bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Buni tekshirish uchun, shunday tipdagi boshqa kabel topib almashtirib, ulab ko‘ring.

5.  YUqoridagilarni bajargandan so‘ng ham monitor yonmasa, monitorning ichki sxemasi buzilgan, ya’ni monitor fizik buzilgan hisoblanadi, bu holda monitorni ustaga ko‘rsatish lozim.

Demak, davom etamiz, monitorning indikatori yondi, lekin hech narsa ko‘rsatmayapti, bu muammoni hal qilish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

1. HDMI, VGA, DVI portlarga ulanuvchi kabellar yaxshi ulanmagan, uzib qaytadan yaxshilab ulash lozim. Iloji bo‘lsa, qotiriluvchi aylantirgichlarni yaxshilab aylantiring.

2. Monitor bilan kompyuterni bog‘lovchi kabel nosoz, ya’ni kabel ichidan uzilgan. Buni tekshirish uchun, boshqa kabel topib almashtirib ko‘ring.

3. Videokarta nosoz. Bu ko‘p uchraydigan holatlardan biri. Kompyuter ichini ochib, videokartani ko‘ring, undagi parraklar aylanmoqdami yo‘qmi. Videokarta motherboard(materinskaya plata)ga yaxshi ulanganmi, slotdan biroz bo‘lsa ham chiqib qolmaganmi, shu joylariga ahamiyat bering. Demak, gap videokartada bo‘lishi mumkin. Agar usta topaolsangiz videokartani tuzating aks holda boshqasini olishdan boshqa iloji yo‘q.

4. Yana bir sabablardan biri, monitorning drayveri noto‘g‘ri ishlamoqda, yoki noto‘g‘ri drayver o‘rnatilgan. Bu holda xavfsiz rejimga kirib drayverni tekshirish lozim.

5. Monitor operatsion tizim orqali noto‘g‘ri sozlangan, o‘lchamlari yoki chastotasi monitor yonishini qoniqtirmaydi, bu holda boshqa monitor topib(past chastotalarda ham ishlaydigan), operatsion tizimga kirib, sozlashlarni to‘g‘irlang.

6. «Материнская плата»dagi janubiy ko‘prik(южный мост) ishdan chiqgan bo‘lishi mumkin. Bu ko‘prik videokartani ishlashini ta’minlaydi, agar bu ko‘prik ishlamasa, videokarta ishlamaydi, bu degani monitor yonmaydi. Buni tekshirish uchun tizim blokini ochib, u yerdan janubiy ko‘prikni topish lozim va qo‘l bilan tegib qizish yoki qizimasligini bilish kerak. Odatda bu ko‘prik qizimasligi lozim(tekshirish albatta kompyuterni o‘chirgan holda amalga oshirilishi shart).

7. Protsessorning nosozligi ham, monitorni ishlamasligiga sabab bo‘lishi mumkin, lekin bu haqida kompyuter yonganda ovoz orqali xabar beradi(ko‘p hollarda). Bu holda kompyuter ishlayverishi mumkin, lekin monitor yonmaydi.

Agar monitor yonib. biosdan u yog‘iga o‘tmasa, demak operatsion tizimda muammolar bor, bu holni bartaraf qilish uchun, xavfsiz rejim orqali kirib operatsion tizimni sozlash kerak.

YUqoridagi sabablar, monitorni ishlamasligiga olib kelishi mumkin, bu hollarda qanday harakat qilishni bilib oldingiz, agar boshqa variantlar bo‘lsa, kommentariyada qoldiring.


 

Qanday qilib kompyuterga 2 ta monitor ulash mumkin?

Hozirgi kunda bitta kompyuterga ikkita monitor ulash holatlari ko‘p uchrab turibdi, buning asosiy sabablaridan biri ish jarayonini qulaylashtirish va vaqtdan yutishdir. Ikkita monitor, bir necha oynalar bilan ishlash imkonini yengillashtirdi(bir vaqtning o‘zida juda ko‘p oynalarni ochish noqulaylik tug‘dirmaydi), dasturchilar uchun, yozilgan kod natijalarini darhol ko‘rish imkonini paydo qildi
(bitta monitorda kod yoziladi, ikkinchisida natija ko‘riladi), kompyuterda o‘yin o‘ynovchilar uchun esa, o‘yinga bo‘lgan qiziqishni orttirdi.

Kompyuterga ikkinchi monitorni fizik ulash uchun, quyidagi ulanishlardan birini amalga oshirish lozim:

1. Bir necha portga ega videokarta orqali.

videokarta_portlar

Bitta videokartada bir necha portlar mavjud bo‘lib, ular alohida-alohida ishlaydi. Bu portlar VGA, HDMI, DVI bo‘lishi mumkin:

dvi_hdmi_vga

Har bir monitor bu portlardan biriga ulanadi va alohida-alohida ishlaydi. Hozirgi kunda bunday videokartalarni topish muammo emas, lekin bu videokarta ishdan chiqsa, ikkala monitor ham ko‘rsatmaydi.

2. Ikkinchi monitorni splitter orqali ulash. Agar videlkartada bir nechta port mavjud bo‘lmasa, videosignallarni ikkiga bo‘lib beruvchi splitter kabellardan foydalanish mumkin, kirish bitta chiqish ikkita.

splitter_2

Splitterlarni har xil portlilari mavjud. Bu usul ikkita monitor ulashning eng ommabop usuli hisoblanadi. Arzon variant.

3. Qo‘shimcha videokarta ulagan holda. Buning uchun kompyuter platasida(материнская плата), ikkinchi monitor uchun raz’yem bo‘lishi lozim.

2_videokarta

Alohida-alohida ikkita videokartaga monitor ulanadi.

Fizik ulanish usullarni ko‘rib chiqdik, endi sozlashlarni ko‘ramiz.

Dastlab, qaysi monitor asosiy ekanligini aniqlab olishimiz lozim. Asosiy monitor bu — kompyuter yonganda yoki yonayotganda ishlatiladigan va asosiy «ярлык«lar(Moy kompyuter,…) joylashadigan monitordir.

Kompyuter yongandan so‘ng, quyidagi adresga kiramiz(Windows 7 tizimi uchun):

ПУСК -> ПАНЕЛЬ УПРАВЛЕНИЯ -> ЭКРАН — > НАСТРОЙКА ПАРАМЕТРОВ ЭКРАНA.

nastyorka

Rasmdan ko‘rinib turibdiki, ikkita monitor ulangan. «Определить«tugmasi orqali qaysi monitor asosiyligini bilib olish mumkin. Sozlash ishlari shu joyda amalga oshiriladi.

Win+P tugmasini bosgan holda, ikkita monitorni qanday qilib ishlatishni sozlash mumkin.

win_p

Bu rasm orqali quyidagilarni belgilash mumkin:

— только компьютер. Faqat bitta asosiy monitor ulanadi;

— дублировать. Asosiy monitor ikkinchi monitorga nusxalanadi. Asosiy monitorda nima bo‘lsa, ikkinchisida ham shu ko‘rsatiladi(ko‘rgan bo‘lsangiz, paynet shaxobchalarida shu usuldan foydalanishadi, nomerni kliyentga ko‘rsatish uchun);

— расширить. Ekranni uzunlashtiradi, ya’ni ikkita monitorda har xil ishlarni bajarish mumkin bo‘ladi(dasturchilar, o‘yinchilar uchun qulay);

 только проектор. Proyektorlar ulash uchun ishlatiladi.

Kerakli variantni tanlang va rohatlanib ishlang.


Kompyuter yig‘amiz

k1Ushbu maqolada kompyuter yig‘ish bilan tanishib chiqamiz. Kompyuter bir nechta qurilma va platalardan tashkil topadi. Qurilmalarning har birini nimaga ishlatilishidan xabardor bo‘lsangiz, o‘zingiz bemalol kompyuter yig‘ib olishingiz mumkin. Kompyuterni yig‘ish, operatsion tizimni va ishlash uchun kerakli dasturlarni yuklash 1 soatdan 3 soatgacha vaqt olishi mumkin.

Kerakli asbob va qurilmalar:

  • “Plyus”li “otvyortka”
  • Kompyuter korpusi (Case)
  • “Blok pitaniya” (agar korpusni o‘zida bo‘lmasa)
  • Ona plata (Mother board)
  • Protsessor (CPU)
  • Video karta (ona plataga biriktirilgan ham bo‘lishi mumkin) – tasvirni monitorga yetkazib berish uchun ishlatiladi.
  • Tezkor xotira – Operativ xotira (RAM)
  • Qattiq disk (HDD)
  • Tarmoq kartasi (agar kompьyuter tarmoqga ulanadigan bo‘lsa va ichki tarmoq kartasi bo‘lmasa)
  • Klaviatura
  • Sichqoncha
  • Monitor
  • Pilot
  • Operatsion tizim (Windows, Linux…) va kerakli dasturlar (MS Office, Open office…)

Diqqat! Kompyuter yig‘ish vaqtida elektr uskunalar bilan ishlash qo‘llanmalariga amal qiling.

Kompyuter yig‘ishda bir narsani esda tutingki, zamonaviy kompyuter qurilmalarini, hox bu ona plata, hox qattiq disk bo‘lsin bir-biriga noto‘g‘ri tarzda ulab qo‘yishni ilojisi yo‘q. Ya’ni, har bir qurilmani joylashtiruvchi “kaliti” bo‘ladi. Uni boshqachasiga kuch ishlatmasdan umuman ulab yoki joylashtirib bo‘lmaydi.

Kompyuterni tanlash:

  • Kompyuter qanday vazifani bajarishini aniqlashtirib oling. Uni narhi kompyuter qanday vazifani bajarishligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Word, Excel va shunga o‘xshash ofisda ishlatiladigan dasturlari bilan arzon “ofis kompyuteri” ham qiynalmasdan ishlay oladi. Turli xil og‘ir dasturlar, grafik dasturlar bilan ishlash uchun esa kuchli kompyuter yig‘ish kerak bo‘ladi. Albatta, uni narhi ham qimmat bo‘ladi.
  • Bo‘lajak kompyuterga qurilmalarni xarid qilishda sotuvchidan bu qurilmalar bir-biriga “sovmestimыy” ya’ni mos kelishini oldindan aniqlashtirib oling. Barcha qurilmalar, eng avvalo, kompyuterni korpusi va ona plata bilan mos keladigan bo‘lishi kerak.

Kompyuter yig‘ish qo‘llanmasi:

  1. Kompyuterni yig‘ishga iloji boricha kengroq joy toping. Sababi qurilmalarni bir-birini ustiga qo‘ymaslik lozim, hamda ularni yerga tushib ketish xavfidan xoli bo‘ladi. Bo‘sh joy va otvertkani tayyorlang.
  2. Yig‘ish jarayonini korpusdan boshlaymiz. Uni yon qopqog‘ini (ba’zi korpuslarni qopqog‘i korpusni to‘liq qoplagan bo‘ladi) oching. Shunda, korpusni ichidagi bo‘sh joy ochiladi.
  3. Korpusga kerakli qurilmalarni joylash uchun uni yonlamachasiga joylashtiring.
  4. Ona platani qutisini oching. Kompьyuterni barcha qurilmalari ona plataga ulanadi. Ona platani korpusni ichiga shunday joylashtiringki, uning bir uchidagi “razyom”lar korpusni orqa tarafidagi katta ochiq joyga to‘g‘ri kelsin. Korpusdagi bu ochiq joy aynan ona platani razyomlari korpusdan tashqi tomonga chiqib turishi uchun mo‘ljallangan.k3
  5. Korpusning mayda shuruplaridan foydalanib, ona platani korpusga mahkamlang. Ona platani korpusga to‘g‘ri joylashtirgan holatda, uni mahkamlash uchun mo‘ljallangan teshikchalari korpusni teshikchalariga to‘g‘ri keladi.k4
  6. Ona platadagi protsessor soketini himoya qopqog‘ini olib tashlang. Soketdagi “richag”ni ko‘taring va mahkamlash “plastinasi”ni oching. Protsessorni qutisidan ehtiyotkorlik bilan oling, bunda protsessorni faqat yonlaridan ushlang, undagi kontaktlarga qo‘l tekkizmang! Protsesorni ona platadagi soketga to‘g‘ri vertikal tarzda joylashtiring.
    k5
    Protsessor burchaklaridan birida chizilgan sariq chiziqchaga va soketdagi chiziqchalarga e’tibor bering. Bu chiziqchalar protsessorni soketga qay tarafdan joylashtirish kerakligini ko‘rsatadi.
    k6
    Bundan tashqari, protsessorni yon taraflarida chuqurchalar soketda esa bo‘rtib chiqgan do‘ngliklar mavjud. Bu o‘sha boya aytib o‘tgan protsessorni “kalit”i hisoblanadi. Protsessorni soketga joylashtiring. Mahkamlash “plastinasi”ni yoping va “richag”ni joyiga tushiring.
  7. Endi esa, protsessorni ustiga kuler (ventilyator)ni mahkamlab  joylashtirish kerak. Protsessor soketini atrofidagi 4 ta teshiklarga e’tibor bering.  Kulerda ham 4ta “oyoq” borligini ko‘rasiz. Kulerni protsessorni ustiga shunday joylashtiringki, uning oyoqlari ona platadagi shu teshikchalarga kirsin. Keyin ularni ketma-ket sekin bosib chiqiladi. Har bir oyoqchani bosib kirgazilganda ovoz eshitasiz. Kulerni yaxshilab joylashganligiga,  e’tibor bering. Uni  bir ikki qimirlatib ko‘ring. Kuler protsessorni ustida mahkam turishi va ularni orasida hech qanday “zazor” bo‘lmasligi kerak. Endi esa kulerdan chiqqan simni ona platadagi CPU-FAN dab nomlangan “raz’em”ga ulanadi.k7k8
  8. Endi ona plataga tezkor xotira (RAM)ni joylashtiramiz. Tezkor xotirani ham faqat yonlaridan extiyotkorlik bilan ushlash lozim. Ona platada xotira uchun 2,3,4 yoki undan ham ko‘p “gnezdo” bo‘lishi mumkin. Xotirani  eng birinchi “gnezdo” (protsessorga eng yaqini) ga ulaymiz.  Avval xotira joylashadigan gnezdodagi  ikki oq rangli ushlagichlarni orqa tomonga itarib ochamiz. Xotirani ona plataga kiradigan past tarafiga e’tibor u bir nechta bo‘limlarga bo‘linganligini ko‘rasiz. Ona platadagi xotira “gnezdo”si ham bo‘limlarga bo‘lingan. Demakki, xotirani noto‘g‘ri kirgazib bo‘lmaydi. Xotirani ikki tarafidan “gnezdo”ga o‘rta kuchda kirgazilsa yon tomondagi ikkita oq ushlagichlar xotirani ustidan “ushlab” olgan holatga keladi.k9
  9. Endi kompyuter korpusiga “blok pitaniya”ni joylashtiramiz.k10
  10. Korpusni orqa tomonidan unga “blok pitaniya”ni shuruplar yordamida mahkamlaymiz.k11
  11. Endi “blok pitaniya”dan chiqgan, ona plata va protsessorga tok beruvchi simlarni (24 va 4 “pin”lik), ona platadan ulaymiz.k12k13
  12. Korpusga qattiq diskni joylashtiramiz va shuruplar bilan korpusga maxkamlaymiz.k15
  13. Qatitq diskga ikkita sim ulaymiz. Biri “blok pitaniya”dan chiqqan tok beruvchi sim, ikkinchisi (ko‘p hollarda ko‘k yoki qizil rangli) ona plataning SATA-portiga ulanadigan, ma’lumot almashinuvi uchun ishlatiladigan sim. Bu yerda, “blok pitaniya”dan chiqqan tok beruvchi SATA-simini ulashda e’tiborli bo‘ling. Uni ham o‘z “kaliti” mavjud. Konnektorga yaxshilab qaralsa, u o‘girilgan “g” xarfini eslatadi. Qattiq diskdagi port ham xuddi shu shaklda. Agar konnektor qiyshiq ulansa  ish paytida qisqa tutashuv (zamikaniya) bo‘lib, qattiq disk ishdan chiqishi mumkin.k15
    k16
  14. Korpusni oldi qismidan qopqog‘ini ochib, uni o‘rniga DVD Rom qurilmasini o‘rnatamiz.k18
  15. DVD ni korpusga shuruplar yordamida mahkamlaymiz.k19
  16. Korpusni ichki qismidan DVD Rom ni ona plataga ulaymiz. Unga ham xuddi qattiq diskga o‘xshab ikkita shnur ulanadi. Biri SATA, ikkinchisi “blok pitaniya” shnuri. Xuddi shu tarzda, kompyuterga yana boshqa qattiq disk yoki DVD qurilmasini ulash mumkin.k20
  17. Korpusning oldingi paneliga tegishli bo‘lgan mayda simchalarni, ona platadagi o‘z maxsus “razyom”lariga ulaymiz. Korpus va ona plata ishlab chiqaruvchi korxonalar ko‘p hollarda bir xil standartlarni ishlatishadi. Shuning uchun har bir simni uchidagi va uning ona platadagi o‘z “razyom”idagi yozuvlari to‘g‘ri keladi. Shu yerda “markirovka”ni eng ko‘p tarqalgan turini misol keltiramiz:
    HDD-LED – Korpusni oldi tomonidagi qizil chiroqcha. Qattiq disk ishlashini ko‘rsatib turish uchun mo‘ljallangan (qizil-oq rangli simchalar).
    PWR-LED – Korpusni oldi tomonidagi yashil, ko‘k yoki qizil rangli chiroqcha. Kompyuterda tok borligini ko‘rsatadi. (yashil-oq rangli simchalar)
    PWR-SW – Kompyuterni o‘chirish/yoqish tugmasi (olovrang-oq rangli simchalar)
    RESET-SW – Kompyuterni “perezagruzka” qilish tugmasi (qora-oq rangli simchalar)
    SPEAKER – Dinamik (sariq oq rangli simchalar)k21
  18. Agar tashqi video-karta ishlataman desangiz uni ulash vaqti keldi. Buning uchun avval, video-karta sloti ro‘parasidagi korpusni orqa tarafidagi temirchani olib tashlanadi.k22
  19. Endi video-kartani ona platadagi o‘z slotiga (video-kartani turiga qarab, PCI-E yoki AGP) joylashtiramiz. Shunda video-karta ona plataga to‘g‘ri kirgazilsa,  u mahkamlanib qoladi va tovush eshitiladi.k23
  20. Video-kartani yechib olmoqchi bo‘lsangiz uni “sloti”dagi ushlab turuvchi kalitini yechishni unutmang.
    k24
  21. Xuddi shunga o‘xshab, taroq kartasini ona platani PCI portiga o‘rnatamiz. Albatta, avval korpusni orqa tarafidagi temirchani olib tashlanadi.k25
  22. Shuning bilan, kompyuterni asosiy qismini yig‘ib bo‘ldik. Lekin korpus qopqog‘ini yopishga xali shoshmay turamiz. Endi korpusga periferiya qurilmalarini ulaymiz. Qurilmalarni korpusni orqa qismidagi “gnezdo”larga ulanadi.k26
  23. Klaviaturani binafsha rang, sichqonchani esa yashil rangli portga ulaymiz. Klaviatura va sichqonchalarni USB-portiga ulanadigan turlari ham mavjud.k27 k29 k28
  24. Endi monitorni ulaymiz. Uni katta ko‘k rangli “shteker”ini, korpusni orqa tarafidagi ko‘k rangli VGA portiga ulanadi.k30
  25. Shnurni ikkinchi uchi monitorga ulanadi.k31
  26. Yashil rangli kichik portga naushnik yoki kolonkalar ulanadi. Qizil rangligisiga esa mikrofon. Tarmoq kartasini ham o‘z portiga ulanadi.k32
  27. Endi “blok pitaniya”ni pilotga, pilotni esa “rozetka”ga ulaymiz. Monitorni ham tok beruvchi simini pilotga ulaymiz. Ba’zi “blok pitaniya”larni orqasida o‘chirib yoquvchi tugmachasi ham bo‘ladi. Bu holda, uni  bosib, | xolatiga keltiramiz. Korpusni oldidagi yoqish tugmasini bosamiz va monitorni ham yoqish tugmasini bosamiz. Shunda kompyuter to‘g‘ri yig‘ilgan bo‘lsa, dinamikdan bir marta “bip” degan  tovush chiqadi va monitorda tasvir paydo bo‘ladi. Mana endi korpusni qopqog‘ini yopib, kompyuterga kerakli Operatsion Tizimni va qolgan dasturlarni o‘rnatish mumkin.k33

    brain

    Ushbu rasm quyidagilarni namoyish etmoqda: RAM (yuqoridan chapda), simsiz karta (pastdan o’rtada) va kichik batareya (pastdan o’ngda). ©2008 HowStuffWorksinside-computer-3

    Kompyuter miyasi uchun ishlash asosi ona platadir. Ona plata kompyuteringiz ichidagi boshqa ko’pgina elementlar uchun o’zak bo’lib xizmat qiladi. U katta chop etilgan tizimli platadir. Ona plata boshqa tashkil etuvchilar orasidagi o’zaro aloqani yuritadi. Ona platalar turli shakl va hajmda bo’ladi. Masalan, noutbukdagi ona platalar shaxsiy kompyuterlarnikiga o’xshamasligi mumkin.

    Kompyuter miyasi – mikroprosessor bo’lib, inglizcha CPU – “Central Processing Unit” deb nomlanadi. CPU – bu shunday bir chip bo’lib, unda millionlab mayda tranzistorlar joylashadi. CPU’ning vazifasi shuki, kompyuter ishlashi uchun zaruriy hisob-kitoblarni yuritadi. Ya’ni, undagi tranzistorlar ma’lumotlarni ishga soladi. CPU’ni xuddi qaror qabul qiluvchi deb tushunsangiz osonroq bo’ladi.

    Kompyuterdagi boshqa hal qiluvchi komponent bu xotiradir. Ikkita eng muhim hotira turi bo

    lib, bular “read-only memory (ROM)” va “random access memory (RAM)”. Kompyuterlar ROM’dagi ma’lumotlarni o’qiy oladi, lekin ularga boshqa yangi ma’lumot kirita olmaydi. RAM bilan esa, ushbu xotira orqali o’qiy oladi va yoza oladi. Kompyuter xotirasi bo’lmasa, undagi hisob-kitoblar makonsiz bo’lardi. Oddiyroq qilib aytganda muayyan ma’lumotni bir holatdan ikkinchisiga saqlashning imkoni bo’lmas edi, oqibatda har bir jarayon bo’sh holatdan boshlanishga to’g’ri kelardi. Bu ayniqsa murakkab dasturlar tuzishda pand berishi mumkin.

    Ko’pgina ShK (shaxsiy kompyuter)lar qo’shimcha RAM uchun ulanish vositalariga ega bo’ladi. Foydalanuvchi kompyuterni ochishi va ona platadagi mos vositalarga RAM chiplarini ulashi yetarlidir. Lekin ba’zi boshqa kompyuterlar muhrlangan tizim bo’ladi, bu degani kompyuterni ochish va unga o’zgartirishlar kiritishning iloji yo’q degani.

    Basic Input/Output System (BIOS) nomli chip CPU bilan yaqindan ishlaydi. BIOS bu maxsus ROM hisoblanadi. Misol uchun, agar siz CPU’ni kompyuter miyasi deb tushunsangiz, unda BIOS’ni uning umurtqa pog’onasi deb faraz qiling. BIOS’ning vazifasi shundan iboratki kompyuterda ishlayotgan dastur (software) va texnik qismlari (hardware) o’rtasida faoliyat yuritadi.

    Ona plata, CPU, ROM, RAM va BIOS kompyuterdagi deyarli barcha og’ir ishlarni o’z zimmasiga oladi. Ular manbalarni dasturlar bilan yuzlashtirish mas’uliyatini amalga oshiradi. Undan tashqari klaviyatura, sichqoncha va boshqa kompyuter jihozlaridan ma’lumot olishadi.

    Kompyuter ichida boshqa bir nechta tashkil etuvchilar ham mavjud. Keling shular haqida keyingi bo’limda gaplashaylik.


android_logo_520

Androidda GiperHavola

Giperhavola (rus. Гиперссылка, ing. Hyperlink) – bu asosan matn (rasm, fayl)ning ma`lum bir qismiga bosilganda boshqa link (havola)ga bog`lanish, murojaat qilish, o`tish uchun xizmat qiladi.Giperhavola foydalanilgan o`rinlarda ushbu belgini uchratasiz va matn ko`k rangda, tagiga chiziq chizilgan bo`ladi.

hyper_link_exam
Misol uchun, shu ko’rinishda bo’ladi.

Giperhavolani Android Studio muhitida TextView ga qanday qo`yilishini ko`rib chiqamiz.

1. values/strings.xml faylga quyidagi kodlarni kiriting. (href’ga o`zingiz istagan linkni quyishingiz mumkin.

  1. <string name=«linktoside»>
  2. <a href=«https://telegram.me/EnglishPlyus»>@EnglishPlyus</a>
  3. </string>

2. Endi layout/fragment_about.xml ga stringni chaqiring.

  1. <TextView android:layout_width=«match_parent»
  2. android:layout_height=«wrap_content»
  3. android:text=«@string/linktoside»
  4. android:textSize=«20sp»
  5. android:paddingLeft=«15dp»
  6. android:id=«@+id/text1» />

3. Javada

  1. // ushbu buyruqni joylang
  2. text.setMovementMethod(LinkMovementMethod.getInstance());

Batafsil quyida:

  1. @Override
  2. public View onCreateView(LayoutInflater inflater, ViewGroup container, Bundle savedInstanceState) {
  3. View view = inflater.inflate(R.layout.fragment_about, container, false);
  4. TextView text =(TextView) view.findViewById(R.id.text1);
  5. text.setMovementMethod(LinkMovementMethod.getInstance());
  6. return view;
  7. }

Kompyuterda muommo bormi yoki undan professional tarzda foydalanishni bilmaysizmi? Unda «e-haker» ga xush kelibsiz! Murojaat uchun tel: (+99897) 5667333; E-mail: eldor-haker@umail.uz ; Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @HakerlikSirlari