“Malika” savdo markazida sotilayotgan planshetlarning narxlari e’lon qilindi

“Terabayt.uz” sayti “Malika” savdo markazida sotilayotgan planshetlarning 29-may holatiga ko‘ra narxlarini taqdim etdi.
Foto: “Terabayt.uz”
Apple planshetlari:
iPad Mini 4 (Wi-Fi, 4G, 64 Gb) — 3 560 000 so‘m
iPad Air 2 (Wi-Fi, 4G, 16 Gb) — 3 000 000 so‘m
iPad Air 2 (Wi-Fi, 4G, 64 Gb) — 3 810 000 so‘m
iPad touch 16 Gb — 1 470 000 so‘m
iPad touch 32 Gb — 1 783 000 so‘m
iPad touch 64 Gb — 2 090 000 so‘m
Samsung planshetlari:
Samsung Galaxy Tab E 9.7 — 1 290 000 so‘m
Samsung Galaxy Tab A 7.0 — 1 240 000 so‘m
Samsung Galaxy Tab S2 9.7 — 2 760 000 so‘m
Samsung Galaxy Tab 3 Lite — 950 000 so‘m
Boshqa planshetlar:
Lenovo 7.0 (8 Gb) — 950 500 so‘m
Lenovo 7.0 (16 Gb) — 1 010 500 so‘m
Artel Nova 7 — 750 000 so‘m
Artel P1 — 750 000 so‘m
Huawei 7.0 — 990 000 so‘m
Apple soatlari:
Apple Watch sport 42 mix — 2 460 000 so‘m
Apple Watch sport 38 mix — 2 020 000 so‘m
Apple Watch Milanese loop 42m — 4 300 000 so‘m
Apple Watch Classic BRL — 4 600 000 so‘m
Samsung soatlari:
Gear S2 classic — 1 760 000 so‘m
Gear S2 sport — 1 670 000 so‘m
Ro‘yxatda keltirilgan qurilmalarni ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishga “e-haker” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

Psixologlar depressiyani davolashda yordam beradigan dastur ishlab chiqdi

Britaniyalik psixologlar guruhi kompyuter texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar bilan birgalikda ruhiy kasalliklarni davolash uchun dasturning birinchi versiyasini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Dastur foydaluvchilarga depressiyani davolash ustida mustaqil ishlash imkonini beradi. Tadqiqot yakunlari British Journal of Psych Open jurnalida chop etildi.
Dastur Catch It deb nom oldi. U kognitiv va xulqiy terapiya tamoyillariga asoslanadi. Davolashga bunday yondashuv psixologik muammolar odamning noto‘g‘ri fikr va maslaklari natijasi ekanligini nazarda tutadi.
Foydalanuvchilar dasturda kun davomidagi kayfiyati va hissiy holatini ifodalaydi. Shuningdek, ular o‘zlari bilan bog‘liq barcha voqea va fikrlarni yozib boradi. Bu ruhiy muammolarga ega kishilarga o‘z fikrlariga tashqaridan nazar solishga hamda ular kayfiyatga qanday ta’sir qilishini tushunishga yordam beradi.
Dastur muammolarni bevosita yo‘q qila olmaydi. Barchasi xastaning istagiga bog‘liq. Ammo, olimlar ta’kidlashicha, ilk sinab ko‘rilganlarning davolanish jarayonida sezilarli progress kuzatilgan.

 Telegram messenjerida keraksiz kontakt nomerlarni o’chirish yo’li MP3 va Videokliplar

Joylandi: 13.05.2016, 17:49

Telegram messenjerida avvaldan telefoningiz yoki sim-kartangizga saqlangan nomer telegramga a’zo bo’lishi bilan sizga (Ism) joined telegram deb xabar keladi va bu kontaktingizda saqlanib qoladi. Shunday vaziyatlar bo’ladiki, kontaktingizda keraksiz nomerlar ham turadi. Whatsapp messenjerida biror nomerni telefoningizdan o’chirib yuborishingiz bilan kontaktdan chiqmaydi. Lekin telegramda o’chirish imkoni yo’q.
Telegram bosh menyusiga kirganingizda Ko’k dumaloq ichida qalam belgisi turadi. Shu belgiga bosishingiz bilan hamma telegramga a’zo bo’lgan nomerlar chiqadi. Bu yerda esa sizga keragi bo’lmagan avvalgi ishlangan nomerlar ham ko’rinib turadi. Ba’zilari asabingizni buzishi tabiiy. Chunki sizga taalluqli emas, boshqa umuman siz tanimagan odam ishlatayotgan nomerlar ham bo’lishi mumkin.
Hullas shu keraksiz kontaktlarni o’chirishni yo’lini o’rgataman.

Telegramga kirasiz » Dumaloq ichidagi qalamga bosasiz » Nomerlar chiqadi » U yerdan keraksiz nomerni topasiz » Unga bosib kirasiz. » Tepada rasmiga bosasiz » Kirganingizda nomer va boshqa ma’lumotlar chiqadi » So’ng tepada, o’ng burchakdagi uchta nuqtani bosasiz » Delete yozuviga bosasiz.

Shu bilan kontaktingizdagi o’sha o’chira olmayotgan nomeringiz o’chib ketadi va qaytib kontaktda ko’rinmaydi. Buni hozirgina o’zim sinovdan o’tkazdim. Buni biladiganlar ham bordir, lekin biladiganlardan bilmaydiganlar ko’p. Shuning uchun ham ushbu maqolani yozdim.

Ekspertlar Telegram va WhatsApp’ga buzib kirish mumkinligini ko‘rsatib berdi

Positive Technologies ekspertlari Telegram va WhatsApp’ni parolli SMS’ni yuborishi mumkin bo‘lgan aloqa operatori ko‘magisiz buzish mumkinligini isbotladi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Buning uchun ekspertlar Telegramda sinov akkauntlarini ochdi va bir-biriga bir nechtadan xabar jo‘natdi. So‘ng SS7 tarmog‘i (ko‘pchilik telefon stansiyalari sozlamalarida qo‘llaniladigan signalli telefon protokollari to‘plami) orqali mutaxassislar sinov raqamlaridan biriga hujum uyushtirdi.
Natijada ular IMSI (mobil abonentning xalqaro identifikatori)ni bilib oldi va qurbonning profiliga ega bo‘lish uchun, uni o‘z terminaliga qaytadan ro‘yxatga kiritdi. Shundan keyin telefon raqami ekspertlarning to‘liq nazorati ostiga o‘tdi.
Endi mutaxassislar boshqa qurilmadan qurbonning akkaunti ostida Telegram’ga ulandi va messenjerdagi akkauntga kirish imkonini beruvchi kod yozilgan SMS’ni qabul qildi. Shu lahzadan boshlab ular Telegram serverdan yuklab olgan barcha yozishmalarni o‘qishi va qurbonning nomidan muloqot olib borishi mumkin bo‘ldi.
Shunga o‘xshash yo‘l bilan ekspertlar WhatsApp akkauntini ham qo‘lga kiritdi. Ammo bu messenjer yozishmalarni serverda saqlamaydi, shu tufayli uni qurbonning smartfonidan o‘qib bo‘lmadi.
WhatsApp’da qurbonning nomidan muloqot olib borish mumkin va u bu haqda bilmaydi ham. Yozishmalar Google Drive’da saqlangani bois, Google’dagi akkauntga buzib kirilgach, ushbu ma’lumotlar ham yovuz niyatlilar qo‘liga tushishi mumkin.

Apple va SAP hamkorlik haqida e’lon qildi

Amerikaning Apple va Germaniyaning SAP kompaniyalari sheriklik bitimini tuzdi, deya xabar bermoqda “Interfaks” kompaniyalarning qo‘shma press-reliziga tayanib.
Ular ishlab chiquvchilarga SAP kompaniyasi ma’lumotlar va analitika bazalaridan foydalangan holda iPhone va iPad uchun dasturlar yaratishda birgalikda yordam beradi. SAP korxonalar boshqaruvi uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniya hisoblanadi.
Kompaniyalar iOS uchun SAP HANA Cloud Platform’ning yangi to‘plamini yaratishni rejalashtirmoqda, u kompaniyalar, dizaynerlar va ishlab chiquvchilarga SAP HANA Cloud Platform, servis formatidagi ochiq SAP platformasidan foydalangan holda iPhone va iPad uchun o‘z iOS dasturlarini tezkor va samarali tarzda yaratish uchun uskunalarni taqdim etadi.
Sheriklik doirasida SAP eng muhim ishbilarmonlik vazifalari uchun iOS dasturlar yaratadi. Ular Apple’ning zamonaviy, xavfsiz va interaktiv tili — Swift’da yoziladi.

Olimlar mobil telefonlar va miya saratoni o‘rtasidagi bog‘liqlikni rad etdi

Avstraliyalik olimlar jamoasi Cancer Epidemiology jurnalida mobil telefonlarning ta’siri va miya saratoni paydo bo‘lishi ehtimolining oshishi bo‘yicha olib borilgan 29 yillik tadqiqotlar natijalarini e’lon qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Ular gadjetdan foydalanish halokatli kasallikka olib kelmasligini ta’kidlash imkonini beradi.
Mutaxassislar 1982—2012-yillarda ro‘yxatga kiritilgan 19 858 nafar erkak va 14 222 nafar ayolning saraton bilan kasallanish holatlari haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, 1987—2012-yillarda mobil telefonlardan foydalanish haqidagi milliy ma’lumotlarni tahlil qilib chiqdi.
Boshlang‘ich bosqichda mobil telefonlar deyarli tarqalmagan edi, finalda esa gadjet tadqiqot ishtirokchilarining 90 foizida bo‘lgan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, erkaklar orasida miya saratoni bilan kasallanishning o‘rtacha darajasi biroz ko‘paygan. Ayollar orasida esa miyaning onkologik kasalliklari tashxisi bilan bog‘liq holatlar soni barqaror o‘sib borgan, ammo bu tendensiya mobil telefonlardan deyarli umuman foydalanilmagan 70-yillardan boshlab kuzatilgan.
Avvalroq olimlar mobil telefondan faol ravishda foydalanish miya saratoniga chalinish xavfini 150 foizga oshirishini taxmin qilgan edi. Avstraliyaliklar orasida bunday faollikni namoyon qiladigan kishilar taxminan 19 foizni tashkil etadi. Bu ushbu guruhda saraton holatlari 2 mingdan ortiq bo‘lishini bildiradi, ammo statistika bo‘yicha ular bor-yo‘g‘i 1435 ta bo‘lib chiqdi.
Xulosa sifatida olimlar ta’kidlashicha, bugungi kunda juda ko‘pchilik avstraliyaliklar 20 yildan ortiq vaqt davomida mobil telefonlardan foydalanib kelmoqda. Hatto shuni hisobga olganda ham miya saratoni rivojlanishi xavfi ularning har birida o‘rtacha har qanday kishidagidan ko‘ra yuqori emas.

Oslo universiteti olimlari atigi yarim soniyada quvvatlanadigan akkumulyator yaratdi

Oslo universiteti olimlari yarim soniyada quvvatlanadigan, biroq o‘ta kichik sig‘imga ega akkumulyatorni yaratdi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar bermoqda.
Professor Ola Nilsen va universitet bitiruvchisi Knut Byarne Gangrud to‘yinish tezligini oshirish va qurilma hajmini kamaytirish uchun batareya sig‘imini qurbon keltirishga qaror qildi. Ular jamoat transporti uchun ekologik toza quvvatlanish manbaini yaratishni rejalashtirgandi. Akkumulyatorning bir marta to‘yinishi bekatlar o‘rtasida harakatlanishga yetadi, bekatlarda esa avtobuslar maxsus platformalarda quvvatlantiriladi.
Batareya ustida to‘rt yil mehnat qilgan tadqiqotchilar kelgusida uning uzoq masofalarga ham yetadigan ko‘rinishga kelishi borasida izlanishlarni davom ettirishni mo‘ljallamoqda.

Facebook fotosuratdagi yuzni tanish funksiyasining qonuniyligini sudda isbotlashiga to‘g‘ri keladi

Facebook kompaniyasi AQShda uni odamlarning biometrik ma’lumotlarini noqonuniy saqlaganlikda ayblagan foydalanuvchilar bilan sudlashuvning birinchi bosqichini boy berdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Da’vo arizasini sudga illinoyslik bir necha foydalanuvchi kiritgan edi. Kaliforniya federal okrug sudi kompaniyaning e’tirozlarini qabul qilmadi. Bu e’tirozlarga ko‘ra, Illinoys shtati qonunlari Kaliforniya shtatida amal qilmaydi, shu bois illinoyslik da’vogarlarning ayblovlari o‘rinsiz. Ammo Kaliforniya sudi Illinoys shtatining foydalanuvchilarning biometrik ma’lumotlar daxlsizligi huquqi to‘g‘risidagi qonunchilik amaliyotini umumiy deb topdi.
Sud eshituvlarining keyingi bosqichi qachon o‘tishi ma’lum qilinmayapti. Kompaniya bu borada biror rasmiy bayonot bilan chiqmadi.

Texnologiyalar

AQShda jarrohdan yaxshiroq operatsiya qiladigan robot ishlab chiqildi

Texnologiyalar  

STAR (Smart Tissue Autonomous Robot) avtonom roboti AQShda dastlabki muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Jons Xopkins universiteti hamda shayx Zayd bolalar ilg‘or xirurgiyasi instituti xodimlarining ishontirishicha, robot ko‘p vazifalarni professional jarrohlardan ko‘ra yaxshiroq eplaydi. Bu haqda, Science Translational Medicine nashriga asoslanib, “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
STAR robotlashgan qo‘l, tikish uchun avtomatlashtirilgan instrument va boshqaruv blokini o‘z ichiga oladi. Robot mijoz organizmini yaxshiroq farqlay olishi uchun unga flyuoressent biomarkerlar qo‘shilgan.
Robot infraqizil 3D-kameralardan va tasvirlarni tanish texnologiyalaridan foydalanadi. Bundan tashqari, robotlashgan qo‘l sensorlar tizimi bilan ta’minlangan.
Cho‘chqalarning ichki a’zolari shakli va joylashuvi odamnikiga ancha yaqin bo‘lgani bois tajriba dastlab shu jonivorlarda o‘tkazildi. O‘simtani olib tashlash hamda oshqozon-ichak traktining normal faoliyatini tiklash uchun oshqozon anastamozini joylashtirish operatsiyasini robot insonlarning minimal ishtirokida amalga oshirdi.
Kashfiyot sohiblarining ta’kidlashicha, STAR standart operatsiyalarning sifatini yanada oshirishi mumkin. U to‘liq avtonom tartibda ishlaydi, lekin shifokor istagan paytda robotni o‘chirib qo‘yib, barcha vazifani o‘z zimmasiga olishi mumkin bo‘ladi.
Robot ayniqsa oshqozon operatsiyalarida, xususan, ko‘richakni va o‘txaltani olib tashlashda foydali bo‘ladi. Uning klinik sinovlari 2–3 yildan so‘ng boshlanadi.

Kompyuterda muommo bormi yoki undan professional tarzda foydalanishni bilmaysizmi? Unda «e-haker» ga xush kelibsiz! Murojaat uchun tel: (+99897) 5667333; E-mail: eldor-haker@umail.uz ; Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @HakerlikSirlari