iPhone 12 Pro Stiv Jobsning birinchi kompyuteriga aylantirildi

Caviar brendi tomonidan Stiv Jobsning muxlislari uchun 1976-yilda birinchi Apple I kompyuterining qismlariga mos keladigan cheklangan miqdordagi iPhone 12 Pro taqdim etiladi.

Dastlab kompaniya smartfon korpusini kompyuterda ishlatilgan yog‘ochdan yasadi. Shuningdek, iPhone 12 Pro’ning ikkita modifikatsiyasi mavjud – kengaytirilgan va Lite. Birinchi qurilmaning qopqog‘ida Apple I kompyuteri platasining katta qismi, bir necha turdagi klaviatura tugmachalari va Hello World yozuvi tushirilgan monitor mavjud.

iPhone 12 Pro’ning Lite versiyasining qopqog‘ida shisha tagida yashiringan plataning bir bo‘lagini ko‘rish mumkin.

Aynan shu maqsadda Caviar brendi uning egasidan Apple I kompyuterini sotib oldi. Shu tufayli iPhone 12 Apple I 9 nusxada ishlab chiqariladi va uning narxi 10 ming dollar, iPhone 12 Apple I Lite versiyasi esa 5 ming dollarni tashkil etadi.

Dastlabki Apple kompyuter uslubida iPhone ishlab chiqarish iPhone 12 lineykasi taqdimotidan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Xabarga ko‘ra, smartfonlar oktabr oyining o‘rtalarida taqdim etiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan