Nima sababdan o‘zganing quvvatlantirgichidan foydalanmaslik kerak?

Smartfonni zaryadlashda o‘zganing quvvatlantirish qurilmasidan foydalanish qurilmada saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlarni boshqalar ham tasodifan ko‘rishi mumkin bo‘lgan xavfni yuzaga keltiradi. Bu haqda Moliyaviy boshqaruv oliy maktabining tahliliy tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Mixail Koganga tayanib, “Praym” nashri xabar berdi.

Ekspertning ta’kidlashicha, soxta quvvatlantirgichlar gadjetga zarar yetkazishi, uning akkumulyatorini ishdan chiqarishi yoki dasturiy ta’minot tomonidan ishining buzilishiga olib kelishi, shuningdek, qurilmaning yonib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, begona qurilmalar ommaviy Wi-Fi tarmoqlari kabi smartfonga firibgar va xakerlar kirishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, gadjetlarni quvvatlantirishda jamoat USB-stansiyalaridan foydalanadiganlar eng katta tavakkalchilikka yo‘l qo‘yadi. Firibgarlar ushbu maydonchalarni boshqaruvchiga sezdirmasdan boshqa birovning qurilmasiga kirish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan