Telegram’da guruh bo‘lib videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi

Telegram’da guruh bo‘lib videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi

Ta’kidlanishicha, odamlarning ommaviy ravishda masofadan turib ishlash va o‘qishga o‘tayotgani sabab messenjer 20 dan ortiq davlatlarda ijtimoiy tarmoqlar orasida eng ko‘p yuklanayotgan ilovaga aylangan.

2020-yilda Telegram guruh bo‘lib xavfsiz videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish xizmatini ishga tushirishga e’tibor qaratadi. Mazkur funksiya qachon taqdim etilishiga aniqlik kiritilmagan.

“O‘z-o‘zini izolyatsiyalash ishonchli videoaloqa xizmatiga ehtiyoj borligini ko‘rsatdi. 2020-yilda videoqo‘ng‘iroqlar xuddi 2013-yildagi xabar almashishga o‘xshaydi. Mobil ilova xavfsiz yoki foydalanishga qulay, biroq ikkala sifat bir vaqtning o‘zida yo‘q. Biz buni to‘g‘irlashga va 2020-yilda guruh bo‘lib xavfsiz videoqo‘ng‘iroq orqali muloqot qilishni ta’minlashga bor e’tiborimizni qaratmoqchimiz”, — deyiladi xabarda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan